N A M A N G A N

Loading

SAHNA ORTIGA SAYOHAT

Uy YANGILIKLAR SAHNA ORTIGA SAYOHAT

SAHNA ORTIGA SAYOHAT

SAHNA ORTIGA SAYOHAT

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti talabalari Namangan viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, teatrning sahna orti hayoti, aktyorlar tayyorgarligi va spektakl yaratilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida talabalar teatr ijodiy jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Ular uchun teatr binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, dekoratsiyalar, sahna texnikasi, yoritish va ovoz effektlari qanday tayyorlanishi haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, aktyorlarning sahnaga chiqishdan oldingi ruhiy tayyorgarlik jarayoni, grim xonalaridagi ijodiy muhit talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Bu tashrif talabalarning san’atga, teatrga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmay, balki ularning estetik dunyoqarashi, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Teatr – bu faqatgina sahnadagi tomosha emas, balki butun bir jamoaning fidokorona mehnati mahsuli ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.

photo-2025-04-03-14-44-39.jpg
image-98.png
image-97.png
image-96.png
image-95.png