Loading
Dramaturg Shukurullo Mahkamovning asari asosida sahnalashtirilgan “Quticha” komediya spektakli Namangan viloyati musiqali drama teatrida 2026 yil 22 mart kuni tomoshabinlarga taqdim etildi.
Mazkur spektakl 27 mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan teatr haftaligi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, asar o`zbekonaligi va tomoshabopligi bilan tomoshabinlarni o`z ichiga olib kirib ketadi. Asar voqealari Esonboyning uyida bo`lib o`tadi, insonlar nafs ketidan quvganligi sababli qutichadan boylik chiqadi degan umidda ochishlari bilan turli voqealar yuz berishi haqida. Spektakl tomoshabinlarga juda manzur bo`ldi.
Shuningdek, tadbir doirasida spektakl boshlanishidan oldin teatr oldi maydonida teatrlashtirilgan konsert dasturi tashkil etildi. Unda ijodiy jamoa tomonidan sahnaviy chiqishlar, musiqiy nomerlar va badiiy kompozitsiyalar namoyish qilinib, tomoshabinlarda bayramona kayfiyat yaratildi. Teatr hududi o‘ziga xos ochiq sahnaga aylanib, tomoshabinlar bilan bevosita ijodiy muloqot muhiti shakllantirildi.




