Loading
Namangan viloyati SOGʻLIQNI SAQLASH BOSHQARMASI tashabbusi bilan VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA tibbiyot hodimlari va muassasalarida korrupsiya hamda shifokor nomiga dog‘ tushiradigan ayrim illatlarning oldini olish maqsadida, yozuvchi Nodir Majid asari asosida rejissyor Shuhrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilayotgan "MUQADDAS QASAM" SPEKTAKLIning sahnalashtirish jarayonlari o‘z yakuniga yetdi.
31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligidan tashrif buyurgan mahsus ishchi guruh va mutasaddilari ishtirokida ushbu spektaklning taqdimot ko‘ruvi bo‘lib o‘tdi.
So‘nggida mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirish asnosida, Viloyat SOGʻLIQNI SAQLASH BOSHQARMASI RAHBARIYATIGA alohida minnatdorchilik bildirdilar.
O‘z o‘rnida, bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish sharti bilan, "MUQADDAS QASAM" SPEKTAKLI namoyishiga ruhsat berildi.
YANGI spektakl barchamizga muborak bo‘lsin!!!