N A M A N G A N

Loading

Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Дом Yangiliklar Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum, yurtdoshlar!

Avvalo, Siz azizlarni, Siz orqali barcha oila a’zolaringizni teatr jamoasi nomidan Navro‘z umumxalq bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etamiz.

Navro‘z bayramining asrlar davomida sayqallangan milliy an’analari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan uyg‘un va hamohang ekani yana bir bor yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

“Navro‘zni ulug‘lash – Insonni ulug‘lashdir!”  bosh g‘oyasi asosida yangilanish, bag‘rikenglik va ezgulik bayrami sifatida jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘ylaymizki, keyingi yillarda yaxshi an’anaga aylangan bunday marosimlar inson qadrini ulug‘lash, mehnatkash va oliyjanob jamoamizni yagona, ahil oila sifatida birlashtirish borasida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, biz bu ishlarni bundan buyon ham albatta davom ettiramiz.

Navro‘z bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! 

Prezident qaroriga (https://lex.uz/uz/pdfs/-8076410) ko‘ra, bu yilgi “Navro‘z” umumxalq bayrami "Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lashdir!" degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilmoqda.

image-233.png