Loading
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil-fevraldagi “Aholining teatrlarga tashrifini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda har oyning bir kunini "Teatr kuni" deb belgilash to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati IIB xodimlari uchun navbatdagi Maʼnaviyat-maʼrifat darsi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi
Unda Boshqarma rahbariyati va xodimlari, Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi
Teatrning mahoratli ijodkorlari tomonidan Vatanga va onaga muhabbat, yurtga sadoqat, halollik va pok vijdon to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Ona” nomli spektaklning namoyish etilishi har bir xodimning diqqatini tortmay qolmadi
Taʼkidlash joizki, bu kabi sahna asarlari IIO xodimlarining maʼnaviy ozuqa olishlariga, maroqli hordiq chiqarishlariga katta yordam beradi