N A M A N G A N

Loading

Namangan shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Дом Yangiliklar Namangan shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Namangan shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Namangan shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Namangan shahrida “Ibratli oila” hamda “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahar hokimligida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Ayubxon Kamalov, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim davomida teatrimiz jamoasidan jamiyatda namunali turmush tarzi, oilaviy qadriyatlarga sadoqati, mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan QODIROVLAR oilasi ham “IBRATLI OILA” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bunday e’tiroflar oilalar mustahkamligini yanada kuchaytirish, yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

https://t.me/namanganteatriyangiliklari

image-285.png
image-284.png
image-283.png
image-282.png