Loading
“Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!”
Namangan viloyati musiqali drama teatrida viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi teatr jamoasi bilan “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida Janubiy Koreya Respublikasi san’at, madaniyat va adabiyot namoyondalari hamda viloyat Yozuvchilar uyushmasi shoir yozuvchilari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “She’riyat va teatr san’ati” adabiy, ma’naviy va ma’rifiy kechasi o‘tkazildi
Mazkur tadbirni Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari B. Nuriddinov ochdi va mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib oʻtdi. Tadbir davomida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Appaqov so‘zga chiqib, mehmonlarni qutlab, Davlatimiz, viloyat hokimligi xususan, teatr jamoasining Janubiy Koreya davlati bilan o‘zaro do‘stlik aloqalari haqida to‘xtalib o‘tdi
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Z.Mansur yangi sheriy kitobini mehmonlarga taqdim etish asnosida viloyatimizdan bir qator shoirlar sherlari Koreys tiliga tarjima qilinib, Koreyalik muxlislar uchun kitob shaklida chop etilganligini alohida e’tirof etdi. Mazkur tadbirda Koreys va O‘zbek tillarida she’rlar o‘qilib, qo‘shiq va raqslar yangragani mehmonlar bilan bir qatorda teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarning ham ko‘ngillarini birdek xushnud etdi.
Tadbir so‘ngida tomonlar do‘stlik ramzi sifatida bir birlariga esdalik sovg‘alar taqdim etdilar
Eslatib o‘tamiz, mehmonlar bilan tuzilgan memorandumga asosan joriy yilning 2-8 oktyabr kunlari Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasining ham Janubiy Koreya Respublikasi Buyeo-Gun viloyatiga gastrol safarlari rejalashtirilgan