N A M A N G A N

Loading

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Uy YANGILIKLAR Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, Ikkinchi Uygʻonish davri — Temuriylar Renessansi bunyodkori Amir Temur milliy davlatchiligimiz va jahon tarixida beqiyos oʻrin tutadi. Mustabid tuzum tomonidan nohaq qoralab kelingan bu ulugʻ zotning muborak nomi va xotirasi mustaqillik yillarida tarixiy adolat asosida qayta tiklandi. Sohibqiron Amir Temur siymosi milliy davlatchiligimiz timsoliga aylanib, oʻzlikni anglash, anʼana va qadriyatlarimizni tiklash borasida xalqimizga ulkan maʼnaviy kuch bagʻishlab kelmoqda. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari oʻrnatilgani, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Xalqaro Amir Temur jamoat fondining faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, “Amir Temur” ordeni taʼsis qilingani, yurtimizdagi koʻplab koʻcha va xiyobonlarga ulugʻ ajdodimiz nomi berilganini alohida qayd etish lozim.

image-220.png
image-219.png
image-218.png