N A M A N G A N

Loading

“O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uy YANGILIKLAR “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

21-oktabr kuni Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da o‘zbek xalqi ma’naviyati va milliy o‘zligining ajralmas ramzi bo‘lgan  “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilib, unda shoir va yozuvchilar, ta’lim sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayram ishtirokchilari 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyatini, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va ahamiyatini yana bir bor chuqur his etdilar. Tadbirda martabali mehmonlar so‘zga chiqib, davlat tilining nufuzini oshirish va yosh avlod ongida ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, yosh ijodkorlar va o‘quvchilar tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, teatr jamoasi tomonidan teatrlashtirilgan siymolar kompozitsiyasida Avazbek Qodirov, Bahodir Jo`rayev, Alisher Navoiy siymosida Alijon Tojiboyevlar siymosi gavdalangan sahnali chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Teatr xonandasi Xamidjon Mallabayev, Mehrijon Abdullayeva, Aziza Karimovalar kuy-qo`shiqlarini ijro etdilar. Bayram tadbiri ko`tarinki ruhda tashkil etib o`tkazildi.

photo-2025-10-21-15-47-27.jpg
photo-2025-10-21-15-47-40.jpg

 

photo-2025-10-21-15-47-18.jpg
photo-2025-10-21-13-12-42.jpg
photo-2025-10-21-13-12-21.jpg