N A M A N G A N

Loading

Namanganda yana bir muhim ma’naviy tadbir "The GoldenTalants of the World-2026" - “Dunyoning oltin iste’dodlari” nomli festival o‘tkazildi.

Uy YANGILIKLAR Namanganda yana bir muhim ma’naviy tadbir "The GoldenTalants of the World-2026" - “Dunyoning oltin iste’dodlari” nomli festival o‘tkazildi.

Namanganda yana bir muhim ma’naviy tadbir "The GoldenTalants of the World-2026" - “Dunyoning oltin iste’dodlari” nomli festival o‘tkazildi.

Namanganda yana bir muhim ma’naviy tadbir "The GoldenTalants of the World-2026" - “Dunyoning oltin iste’dodlari” nomli festival o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Ruminiya, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridan jami 200 nafardan ortiq yosh iste’dod egalari ishtirok etishdi.

To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida tadbirning yakuniy qismi hamda taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Botirxon Nuriddinov hamda barcha ishtirokchi davlatlarning madaniyat vazirliklaridan vakillar qatnashdilar.

San’at xalqlarni birlashtiradi, deb bejiz aytilmagan. Mehmonlar gullar shahri Namangan, uning mehmondo‘st va san’atga oshno odamlari haqida iliq fikrlarni bildirdilar. Festivaldan olgan taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.

O‘zining noyob iste’dodi va iqtidori orqali tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan festival g‘oliblari diplom, medallar bilan taqdirlandilar.

https://t.me/namanganteatriyangiliklari
Lokatsiya
https://maps.app.goo.gl/uxusq6tA6Fu9LPV97

image-259.png
image-258.png