N A M A N G A N

Loading

Namangan viloyati musiqali drama teatrida bolajonlarga Prezident sovgʻasi tantanali topshirildi!!!

Uy SPEKTAKL Namangan viloyati musiqali drama teatrida bolajonlarga Prezident sovgʻasi tantanali topshirildi!!!

Namangan viloyati musiqali drama teatrida bolajonlarga Prezident sovgʻasi tantanali topshirildi!!!

 

Namanganda bolajonlarga Prezident sovgʻasi tantanali topshirildi

Shu munosabat bilan viloyat musiqali drama teatri binosiga shahar va tumanlardan 400 nafarga yaqin ijtimoiy himoya reyestrida turgan, chin yetim, vasiylikka olingan, nogironligi bor 16 yoshgacha boʻlgan bolalar taklif qilindi.

Ular uchun tashkil etilgan "Prezident archasi" bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyatdagi barcha huquqni muxofaza etuvchi idoralar rahbarlari, “Nuroniy” jamoatchilik kengashi raisi va aʼzolari, Davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari qatnashdilar.  

Viloyat hokimi Prezidentimiz boshchiliklarida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida toʻxtalib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shundan soʻng,  bolajonlarning har biriga 24 turdagi oʻquv qurollari va 34 xildagi shirinliklardan iborat Prezident sovgʻasi tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida viloyat teatri ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan "Yangi yil moʻjizasi" tomoshasi bolajonlarga koʻtarinki zavq ulashdi.

 

photo-2025-12-27-11-10-23-1.jpg
photo-2025-12-27-11-10-44.jpg

 

photo-2025-12-27-11-10-36.jpg
photo-2025-12-27-11-10-53.jpg