N A M A N G A N

Loading

Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatriga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositasi kalitini tantanali topshirdi

Uy YANGILIKLAR Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatriga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositasi kalitini tantanali topshirdi

Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatriga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositasi kalitini tantanali topshirdi

Madaniyat vaziri O.A.Nazarbekov Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, hududlardan tashrif buyurgan teatr mas'ullariga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositalarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat teatrlari va “O'zbeksirk” davlat muassasasini bosqichma-bosqich avtobus hamda yuk transport vositalari bilan ta'minlash belgilangan. Shunga ko'ra, 2024-yilda 15 ta teatrga avtotransport vositalari taqdim etildi

Namangan viloyati musiqali drama teatri direktori N.Toshpo`latov ham Madaniyat vaziri Ozodbek Axmadovichdan maxsus yuk (Isuzu)  avtotransportining kalitini tantanali qabul qilib oldi