N A M A N G A N

Loading

“Zebunniso” Namangan teatri sahnasida

Home Спектакллар “Zebunniso” Namangan teatri sahnasida

“Zebunniso” Namangan teatri sahnasida

“Zebunniso” Namangan teatri sahnasida

Namangan viloyati musiqali drama teatrida 2024 yil 7 sentyabr kuni yana bir klassik asar sahnaga olib chiqildi. O‘zbek dramaturgiyasining darg‘alaridan biri Rahmatillo Otaqo‘ziev Uyg‘unning “Zebunniso” pesasi asosida dramaturg Hayitmat Rasul qalamiga mansub “Zebunniso” musiqali dramasi davlat buyurtmasi asosida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi

Asarni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining bosh rejissyori Doston Haqberdiyev sahnalashtirdi. Asarda Zebunnisoning oddiy, lekin iste’dodli shoir Roziqiyga bo‘lgan samimiy muhabbatining paymol bo‘lishi, hind qizi Nargis bilan o‘zbek yigiti Murodning sevgisi qismatiga kengroq o‘rin berilgan. Shuningdek, hech qaysi millatga yot din, madaniyat, manaviyat va urf-odat, qadriyatlarni ko‘chirib bo‘lmasligi, barcha xalqlarga din va e’tiqod erkinligi berilsagina, o‘sha davlat gullab yashnashi mumkinligiga ishora qilinadi. Asarda yakkahokim Avrangzebga faqat Zebunniso qarshi chiqa oladi...

          Spektaklni qabul qilgan Madaniyat vazirligi qoshidagi komissiya a’zolari tomonidan bosh rolni ijro etgan “Shuxrat” medali sohibasi Dilfuza Qodirova, Avazbek Qodirov(Avrangzeb), Rahmatillo G‘aybullaev(Murod), Umida Murodillaeva(Nargis) singari ijrochilarning mahorati e’tirof etildi