Loading
Aziz yurtdoshlar!
Namangan viloyatida “Yangi yil bayrami”ni ko‘tarinki kayfiyatda, munosib nishonlash, aholi va bolalarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida barcha shahar va tumanlarda “Yangi yil archasi” madaniy tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, viloyatning bosh archasi o‘rnatilgan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida tadbirlar 22-dekabrdan boshlandi va 2026-yil 5-yanvarga qadar davom etadi.
Viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, har kuni shahar va tumanlar madaniyat bo‘limlarining taniqli badiiy jamoalari va xonandalari hamda Namangan viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi xizmatingizda bo‘lishadi.


