N A M A N G A N

Loading

Yangi mavsumda yangi spektakl "Xasanning sarguzashtlari" premyerasi

Home Спектакллар Yangi mavsumda yangi spektakl "Xasanning sarguzashtlari" premyerasi

Yangi mavsumda yangi spektakl "Xasanning sarguzashtlari" premyerasi

“Xasanning sarguzashtlari”

Namangan viloyati musiqali drama teatrida 2024 yil 6 sentyabr kuni navbatdagi yangi spektaklning tomoshabinlarga ilk namoyishi-premerasi o‘tkazildi. Bu safargi asar dramaturg Haydar Muxammadning “Hazilkash shoh” ertak-komediyasi asosida rejissyor Shuxrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Xasanning sarguzashtlari” spektakli bo‘ldi

Rejissyor spektakliga bolalarni kitobga oshno qilish, ular o‘rtasida kitob savodxonligini targ‘ib qilish g‘oyasini asosiy mavzu qilib oldi. Spektakl tomoshaga tashrif buyurgan o‘quvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi.  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Aziza Karima(Ona), “Madaniyat va san’at fidokori” Bahodir Jo‘raev( Shoh), Rahmatullo G‘aybullaev(Xasan), Asila Axmedova (Xabalalo‘lo‘),  “Madaniyat va san’at fidokori” Mirmamit Musabaev kabi iste’dodli aktyor va aktrisalarning ijrolari ayniqsa, spektaklga o‘zgacha fayz baxsh etdi