Loading
Joriy yilda Namangan viloyati musiqali drama teatri hamda Janubiy Koreya Respublikasining Buyeo-Gun viloyati madaniyat va san’at sohasi vakillari o‘rtasida kelgusidagi madaniy aloqalar yuzasidan anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Bugun viloyat hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov hamda horijiy hamkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda joriy yilning 2-8 oktyabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasi Buyeo-Gun viloyatiga Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safarlarini tashkil etish belgilanib, uni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.