Loading
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, Namangan viloyati musiqali drama teatri hamkorlikda joriy yilning 9-16 oktyabr kunlari teatr haftaligi doirasidagi spektakllariga start berildi
9-oktyabr kuni erta tongdan To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazi tomoshabinlar bilan gavjum bo‘ldi. Tumandagi uyushmagan yoshlar, umumta’lim maktablari o‘quvchilariga Nurillo Abbosxon asari asosida rejissyor Shuhrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan "IBRAT" spektakli namoyish etildi
Ilm ma’rifatga, vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan mazkur sahna asari tomoshabinlar katta qiziqish uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi