N A M A N G A N

Loading

Qo‘qonda taniqli rejissyor Karim Yo‘ldoshovga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

Home Yangiliklar Qo‘qonda taniqli rejissyor Karim Yo‘ldoshovga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

Qo‘qonda taniqli rejissyor Karim Yo‘ldoshovga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

15 yanvar, Qo‘qonda taniqli rejissyor Karim Yo‘ldoshovga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli teatr rejissyori Karim Yo‘ldoshovning 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali ijodiy kecha tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, Qo‘qon shahar hokimligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professorlari, Madaniyat vazirligi vakillari, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri hamda boshqa viloyatlardagi musiqali drama teatrlari direktor va xodimlari, shuningdek, Teatr arboblari uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.
Ijodiy kecha davomida Karim Yo‘ldoshovning o‘zbek teatr san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, sahnalashtirgan asarlari va yetishtirgan shogirdlari haqida iliq fikrlar bildirildi. Tadbir san’atkorlarga xos yuqori saviyada, bayramona ruhda o‘tkazildi.

https://t.me/Namanganviloyatiteatri

 

image-177.png
image-176.png
image-175.png