N A M A N G A N

Loading

Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi vakillari Tojikiston Respublikasiga gastrol safariga etib bordilar

Home Yangiliklar Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi vakillari Tojikiston Respublikasiga gastrol safariga etib bordilar

Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi vakillari Tojikiston Respublikasiga gastrol safariga etib bordilar

🎭TEATR BU- IBRATXONADIR! 
Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi vakillari Tojikiston Respublikasiga gastrol safariga etib bordilar!
Teatr jamoasini Navbunyod chegara postida Asht tumani xokimi o‘rinbosari Jamshed Maxmudzoda, investisiya boshqarmasi boshlig‘i Jonibek Begmatovlar kutib olishdi

Jamoa 16  aprel kunidan Xo‘jand shahrida "So‘g‘d - ipak yo‘li chorrahasida" xalqaro forumida oʻzlarining teatrlashtirilgan konsert dasturlarini namoyish etadilar.

Tadbirlar, B2B uchrashuvlar 17 aprel kuni Qal’ai Xo‘jandda davom etadi.
Tojikiston Respublikasidagi ijodiy safar davomida viloyatimiz teatr sanʼati va madaniyati, turizm salohiyati hamda 65-xalqaro Gullar festivali targ‘ibotiga qaratilgan teatrlashtirilgan chiqishlar va kuy-qoʻshiqlar namoyish etiladi.

☎️ 692272432, 692270540
https://t.me/namanganteatriyangiliklari
Lokatsiya
https://maps.app.goo.gl/uxusq6tA6Fu9LPV97

image-276.png
image-275.png