N A M A N G A N

Loading

Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatri

Home Yangiliklar Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatri

Madaniyat vaziri Namangan viloyati musiqali drama teatri

✅ Madaniyat vaziri O.A.Nazarbekov Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, hududlardan tashrif buyurgan teatr mas'ullariga maxsus yuk avtotransport (Isuzu) vositalarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.

✅ Ma'lumot o'rnida aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat teatrlari va “O'zbeksirk” davlat muassasasini bosqichma-bosqich avtobus hamda yuk transport vositalari bilan ta'minlash belgilangan. Shunga ko'ra, 2024-yilda 15 ta teatrga avtotransport vositalari taqdim etildi.

✅Namangan viloyati musiqali drama teatri direktori N.Toshpo`latov ham MNadaniyat vaziri Ozodbek Axmadovichdan maxsus yuk (Isuzu) avtotransportining kalitini tantanali qabul qilib oldi.