N A M A N G A N

Loading

Namangan viloyati IIB xodimlari uchun “Ona” nomli spektakl namoyish etildi

Home Спектакллар Namangan viloyati IIB xodimlari uchun “Ona” nomli spektakl namoyish etildi

Namangan viloyati IIB xodimlari uchun “Ona” nomli spektakl namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil-fevraldagi “Aholining teatrlarga tashrifini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda har oyning bir kunini "Teatr kuni" deb belgilash to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati IIB xodimlari uchun navbatdagi Maʼnaviyat-maʼrifat darsi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi

Unda Boshqarma rahbariyati va xodimlari, Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi

Teatrning mahoratli ijodkorlari tomonidan Vatanga va onaga muhabbat, yurtga sadoqat, halollik va pok vijdon to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Ona” nomli spektaklning namoyish etilishi har bir xodimning diqqatini tortmay qolmadi

Taʼkidlash joizki, bu kabi sahna asarlari IIO xodimlarining maʼnaviy ozuqa olishlariga, maroqli hordiq chiqarishlariga katta yordam beradi