N A M A N G A N

Loading

Namangan gullarga burkanmoqda: festival oldidan tayyorgarlik soʻngi bosqichda

Home Yangiliklar Namangan gullarga burkanmoqda: festival oldidan tayyorgarlik soʻngi bosqichda

Namangan gullarga burkanmoqda: festival oldidan tayyorgarlik soʻngi bosqichda

Namangan viloyatida 65-Xalqaro "Gullar festivali" ga tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirdi. Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov festival doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yangi gulzorlar tashkil etish hamda “Bir oy davomida jamoa tomonidan ekilgan eng koʻp gullar” nominatsiyasi boʻyicha rekord natijani qayd etishga qaratilgan jarayonlar bilan tanishdi.

Oʻrganish davomid Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida festival oldidan keng qamrovda olib borilayotgan  ishlar koʻzdan kechirildi. 

Viloyat rahbari taqdim etilgan dizayn va bezak gʻoyalarini koʻrib chiqar ekan, festivalning yubiley ruhiga mos, oʻziga xos va estetik jihatdan yuksak kompozitsiyalar yaratish muhimligini taʼkidladi.

Oʻrganish yakunida masʼullarga tayyorgarlik ishlarini yanada jadallashtirish, gul kompozitsiyalarining badiiy yechimlarini boyitish hamda barcha ishlar sifat va muddat talablari asosida yakunlanishini taʼminlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.  

65-yillik yubiley festivali Namanganning gullarga burkangan qiyofasini yanada namoyon etishi kutilmoqda.

image-288.png
image-288.png
image-287.png
image-286.png