N A M A N G A N

Loading

📣 Diqqat e'lon! ⚡️ "Audiovizual — 2026" loyihasiga start berildi!

Home Yangiliklar 📣 Diqqat e'lon! ⚡️ "Audiovizual — 2026" loyihasiga start berildi!

📣 Diqqat e'lon! ⚡️ "Audiovizual — 2026" loyihasiga start berildi!

Diqqat e'lon!

⚡️ "Audiovizual — 2026" loyihasiga start berildi!

Tanlovga qatnashing va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martali pul mukofotini yutib oling.
Madaniyat vazirligi  hamda Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tomonidan askiya va qiziqchilik san’ati bilan shug‘ullanuvchi taniqli ijodkorlar, iste’dodli talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda milliy askiya va qiziqchilik san’atini keng targ‘ib qilishga mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi!

Yaratilgan ijod namunalari Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilib, eng ko‘p tomosha qilishlar hamda “yoqtirish”lar soni bilan aniqlanadi.

Tanlov quyidagi 25 ta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

“Sun’iy intellekt va yuzaki bilim”
“Repetitor ovuli”
“Mutaxassislik va mas’uliyat”
“Maktab hayoti va jamoatchilik”
“Til bilish — madaniyat belgisi”
“Zamonaviy kelin va oilaviy an’analar”
“Raqamli dunyodagi ota-onalar”
“Ortiqcha dabdaba — ma’naviy bo‘shliq”
“Mehnatsevarlik va tayyorgarlik”
“Dasturxon atrofidagi masofa”
“Mahalla va ekologik madaniyat”
“Daraxt qadri — soya qadri”
“Jamoat mulkiga munosabat”
“Isrofgarchilikning oqibati”
“Navbat va intizom”
“Startap va xomxayollar”
“Sifatsiz xizmat — asossiz bahona”
“Virtual murojaatchilar”
“Kredit va orzular”
“Raqamlashtirish va inson omili”
“Ijtimoiy tarmoqdagi ustozlar”
“Feyk xabarlar va asossiz ma’lumotlar”
“Ilm va kitobxonlikka munosabat”
“Reklama va til qoidalari”
“Intervyu va samimiyat”            

Unda quyidagilar inobatga olinishi muhim hisoblanadi:

✅ milliy kulgiga yo‘naltirilgan hajv va hazillar bo‘yicha audio va video kontentlar;
✅ milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etuvchi parodiya va hajviy qo‘shiqlar;
✅ aholini milliy ijtimoiy madaniy faollikka chorlovchi o‘zbek madaniyatining asl namunalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan ✅intermediya va inssenirovkalar;
✅ milliy latifa va hangomalar, askiyachilik san’atini targ‘ib etishga qaratilgan hajviy sahna ko‘rinishlari.

Tanlovga materiallar quyidagicha qabul qilinadi:

✅ audio asarlar - vew va mp3 shaklida (audio asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari aytiladi);

✅ video asarlar - Mp4 hamda full HD shaklida (video asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari va Madaniyat vazirligi logotipi ko‘rsatiladi).

Tanlov materiallari audio va video shakllarda ushbu manzilda 👉 @Guli0629 qabul qilinadi.

Eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martali pul mukofoti bilan taqdirlanadi va “Xush kayfiyat” respublika tanlovi hamda “Tabassum” xalqaro kulgi festivalining tantanali ochilish va yopilish marosimlariga ishtirokchi sifatida taklif etiladi.