Loading
"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz"
29-avgust kuni Namangan viloyati “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi yozgi amfeteatrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi bayram tantanalari keng nishonlandi. Ushbu majmuaga viloyat faollari, jamoatchiligi, aholi vakillari jam bo‘ldilar. Tantanali tadbir Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkatjon Abdurazzoqovning bayram tabrigi bilan boshlandi. Viloyat rahbari barchani kirib kelayotgan eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan qutladi. Keyingi yillarda viloyatda yurt obodligi, aholi turmush farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi haqida tahliliy raqamlar, misollar keltirildi. Shuningdek, kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Bayramda viloyat musiqali drama teatri xonandalari o`zlarining diltortar qo`shiqlari hamda teatrlashtirilgan siymolar ko`rinishlari bilan ishtirok etishdi