Loading
Aziz yurtdoshlar va 65-xalqaro "Gullar festivali" mehmonlari!
📅 2026-yil 24-may kuni
65-xalqaro "Gullar festivali"ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.
🚘 Shu kuni festival oldidan anʼanaviy avtoparad tashkil etiladi - 300 dan ziyod rango-rang gullar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni Namangan koʻchalari boʻylab harakatlanadi.
📍 Avtoparadga soat 10:00 da "Namangan xalqaro aeroporti" oldidan start beriladi va viloyat markazining Davlatobod tumani, Yangi Namangan tumani hamda Namangan shahri asosiy koʻchalari orqali oʻtib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi oldiga keladi.
🌺 Parad davomida:
— gullar bilan bezatilgan ulovlardagi noyob kompozitsiyalar,
— bayramona muhit va unutilmas lahzalar sizlarni kutadi.
📸 Barcha fuqarolar va shahrimiz mehmonlarini ushbu avtoparadni tomosha qilish, festival kayfiyatini his qilish va yorqin onlarni muhrlashga taklif etamiz!
Keling, koʻring va zavqlaning!



май 25, 2026
май 25, 2026
май 22, 2026